AsosiyDunyo

Dunyo bo`ylab 1 sutkada 372 ming kishida virus aniqlandi

'Dunyo bo`ylab 1 sutkada  372 ming kishida virus aniqlandi'ning rasmi

JSSTga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 372 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  187 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.  Shundan 4 milliondan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 372 970 yangi holati aniqlandi. 7 469 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi  ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 187 million 757 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 4 million 048 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,518 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan;  
  • ikkinchi o`rinda Hindiston (30,907 milliondan ortiq);  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (19,089 milliondan ortiq);
  • to`rtinchi o`rinda Rossiya (5,833 milliondan ortiq);
  • beshinchi o`rinda esa Fransiya (5,700 milliondan ortiq).

 

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 4 000, Hindistonda 32 906, Braziliyada 20 937, Rossiyada 24 702, Fransiyada 1 120 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 495 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

Boshqa yangiliklar