O`zbek jurnalistikasi og`ir judolikka uchradi. Iste`dodli ijodkor, betakror suratkash, salohiyatli tashkilotchi va tashabbuskor inson, mehribon ustoz Tohirjon Hamroqulov 70 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi ma`lum qildi.
U 1951 yilda Bag`dod tumanida tug`ilgan . Butun umrini mamlakat matbuoti, fotojurnalistikasi rivojiga bag`ishladi. “Xalq so`zi” gezetasida ishlagan yillarida mamlakatimizda uning qadami etmagan, u kirib bormagan xonadon qolmagan . O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida xalq ishonchini qozondi, jamoat arbobi sifatida el-yurt xotirasida qoldi. U asos solgan “Tohir-Bag`dod” televideniesi uning nomini butun mamlakatga mashhur qilgan. T.Hamroqulovning el-yurt, o`zbek matbuoti oldidagi ulkan va beqiyos xizmatlari munosib taqdirlangan. U “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, bir qator ko`krak nishonlari va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlagan edi–deyiladi xabarda.
Viloyat hokimligi Tohirjon Hamroqulovning oilasiga va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor qilib, ularga sabr tiladi.