AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakаtlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining 4-yig`ilishi bo`lib o`tadi

'Ertaga Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakаtlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining 4-yig`ilishi bo`lib o`tadi'ning rasmi

16 iyul kuni Toshkent shahrida «Markaziy  va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida «Markaziy Osiyo – Rossiya» shaklidagi tashqi siyosat idoralari rahbarlarining to`rtinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi manbasiga ko`ra, uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya o`rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlik, ayniqsa, Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashiladi.

Tadbir yakunida qo`shma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar