Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi qoidani buzdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, video lavhada Toshkent viloyati YHXBga tegishli bo`lgan "Lasetti" rusumli, 01 240 VSG davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobil bo`lib, haydovchi yo`l harakati qoidalarining 3-bandi (yo`l harakati qatnashchilari «Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo`l belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yo`l chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo`llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko`rsatmalarini so`zsiz bajarishlari shart)da belgilangan talablarni buzgan holda, 1.1 (qarama-qarshi yo`nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo`lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo`lagi chegarasini bildiradi, yo`lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi, transport vositalarining to`xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo`lning qatnov qismi chegarasini bildiradi, chiziqni bosib o`tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo`llanilgan 1.1 chizig`i bundan mustasno) yo`l yotiq chizig`ini bosib harakatlanganligi holati aks etgan.
Holat o`rganildi va "Lasetti" rusumli, 01 240 VSG davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodim A.A.ga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rildi.






