Namangan viloyati IIB ning xabar berishicha, hodisa joriy yilning 13 iyul kuni soat 15:45 larda Mingbuloq tumani “Baliqchi-Mingbuloq-Pungon” yo`lining 63 kmda sodir bo`lgan.
Gap shundaki, Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 2014 yilda piyodani urib yuboradi.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.Hozirda ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytilmoqda.