AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi "Kokilli qiz" pannosi qayta tiklandi

'Poytaxtdagi "Kokilli qiz" pannosi qayta tiklandi'ning rasmi

 «Premier Hall» kinoteatrining ta`mirlash ishlari paytida binoning yuzasida eski panno topilgani haqida ma`lum qilingan edi. Shundan so`ng, Kinematografiya agentligi ekspertlar bilan topilmani o`rgandi. Natijada Alfred Mazitov qalamiga mansub ushbu "Kokilli qiz" mozaikasini saqlab qolishga qaror qilindi.  

Hozirda freska bilan bog`liq ta`mirlash ishlari yakuniy bosqichdaligi aytilmoqda.

Shuningdek agentlik «Premier Hall» kinoteatri joriy yil bo`lib o`tadigan "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent Xalqaro kinofestivalining lokasiyalaridan biri bo`lishi ko`zda tutilgani ma`lum qilmoqda.

Boshqa yangiliklar