AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'O`zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahrida o`tayotgan xalqaro konferensiya doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Ikki mamlakat o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Bo`lajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko`rish, qo`shma dastur va loyihalarni, eng avvalo savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Afg`onistondagi vaziyat keskinlashishi sharoitida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar