AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'O`zbekiston Prezidenti Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

Xalqaro konferensiya doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankarni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O`zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlari oliy darajadagi muntazam muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Jayshankar O`zbekiston etakchisiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va samimiy tilaklarini etkazdi.

O`zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi bog`liqlikni, shuningdek, Afg`onistonda tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan mintaqaviy loyihalarni ilgari surish borasidagi sa`y-harakatlari yuksak baholandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat hududlarini faol jalb qilgan holda investisiyalar, innovasiyalar, savdo, biznes, logistika, axborot texnologiyalari, sog`liqni saqlash va boshqa ustuvor yo`nalishlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish muhim ekan ta`kidlandi.

Mamlakatlarimiz “Hindiston – Markaziy Osiyo” formatidagi samarali muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar