AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Bosh vazirining o`rinbosari – tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Bosh vazirining o`rinbosari – tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdini qabul qildi.

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi davlatimiz rahbariga Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev va Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboevning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Bo`lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish, shuningdek, ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy kooperasiya loyihalari va o`zaro manfaatli hamkorlik dasturlarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Afg`onistondagi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibidagi masalalar hamda avgust oyining boshida Turkmanistonda o`tkaziladigan navbatdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchilarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalasi ko`rib chiqildi.

 

    Boshqa yangiliklar