Bugun O`zbekistonda iyul oyining o`rtasidagi qiymatlar uchun me`yoridan past bo`lgan havo harorati bilan chilla uchun xos bo`lmagan ob-havo kuzatilmoqda. Bu haqda O`zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari bo`yicha kun davomida havoning o`zgarishi saqlanib turadi, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati 30-33oni, shimolda va janubda 36-39ogacha ni tashkil etadi.
Shanba va yakshanba kunlari salqin havo massasi O`zbekiston hududi chegarasidan chetga chiqadi va havo harorati me`yoriy qiymatlargacha ko`tariladi. Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35-38ogacha isiydi.
Shanba va yakshanba kunlari, faqat Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog`li hududlarida, shuningdek Qirg`izistonning tog`li hududlarida, Farg`ona vodiysi bilan chegaradosh qismida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Bu mahalliy yomg`irlar Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel toshqinlari shakllanishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun, O`zgidromet aholini ushbu hududlarda joylashgan dam olish maskanlariga bormaslikni qat`iy tavsiya etadi.






