1

Shohimardonga sel keldi, hovli va uylar suvga to`ldi (foto)

Jamiyat 16.07.2021, 16:21
Teglar: sel, Shohimardon
Shohimardonga sel keldi, hovli va uylar suvga to`ldi (foto)

Kuni kecha Farg`ona viloyatining Shohimardon tumani  Yordon qishlog`iga sel keldi. Bu haqda maxsus muxbirimiz Axror Ziyo xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, sel natijasida tog` yaqinida yashovchi fuqarolarning xonadonlari talofat ko`rgan. Tahminan kunduzgi  o`n ikkilarda yomg`ir yog`ib, do`lga aylangan. Har biri dovuchchaday keladigan do`l bir pastda hamma joyni suvga to`ldirgan. 

Odamlarning aytishicha, yog`ingarchilik taxminan 40 daqiqa davom etgan. Agar u uzoqroq davom etganda, yig`ilgan suvni boshqarishning iloji bo`lmasligi mumkin edi. Faqatgina yomg`ir va do`l hisobiga hovlilar suvga to`lib, uylarning ichigacha kirib ketgan. Sel suvi ariqlardan toshib, qishloq yo`llarini vayron qilgan. Mevali daraxtlar hosilini to`kib tashlagan. Aholining tomorqasidagi ekinlarga ham zarar etgan.

 Fuqarolarga shikast etmagan.Hozirda Farg`ona tumani hokimligi tezkor guruhlarni aholi xonadoniga jalb qilib, xonadonlarda to`lib qolgan qum va toshlarni tozalash ishlarini olib borganlar.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Namanganning Kosonsoy tumaniga sel kelgani haqida xabar qilgan edik.

Sharhlar

Surxondaryoda kuchli sel oqibatida 360 bosh qo`y nobud bo`ldi (video)

07.05.2024, 15:13

Surxandaryoda 3 kun davom etgan yog`ingarchilik sababli qo`ylar nobud bo`lgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida 2024 yilning 29-30...
Turkiyada kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida ko`chalar suvga to`ldi

23.07.2021, 17:28

Turkiya shimoli-sharqidagi Rize va Artvin viloyatlarida jala yog`ishi tufayli suv toshqinlari boshlandi, deb xabar bermoqda Respublika Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib RIA NOVOSTI . "Bugun o`ta kuchli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1