1

Avtobusni boshqarayotgan vaqtida telefondan foydalangan haydovchi jarimaga tortildi

Jamiyat 16.07.2021, 20:21
Avtobusni boshqarayotgan vaqtida telefondan foydalangan haydovchi jarimaga tortildi

15-iyul kuni soat 18:30 da, 94-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi haydovchi "Chilonzor" savdo markazidan Mirzo Ulug`bek metrosi bo`ylab harakatlanayotgan vaqtida, uyali aloka vositasi(telefon)dan foydalanib yo`lovchilar hayotini xavf ostiga qo`yib ketayotgani aks etgan video yúlovchi tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoklarga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining “Yo`lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi”  xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilganda, mazkur avtobus "7-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi, davlat raqami 01 132 YEA bo`lgan, 94-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi "MAN" rusumli avtobus haydovchisi A. A ekanligi aniqlandi.  

Ushbu qoidabuzarlikka nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qoidani buzgan avtobus haydovchisi jarimaga tortildi hamda "7-Avtobus saroyi" tomonidan qat`iy chora ko`rilib, yo`l harakati qoidalarini qo`pol tarzda buzgan haydovchi A.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Eslatib  o`tamiz: Transport vositasida mobil telefondan foydalanish bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo`ladi!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1