1

Jizzaxlik fuqaro dala shiyponida xotinini qasddan pichoqladi

Jamiyat 16.07.2021, 20:43
Jizzaxlik fuqaro dala shiyponida xotinini qasddan pichoqladi

 12 iyul kuni soat 13:00 larda fuqaro Jizzax viloyati Mirzacho`l tumanidagi fermer xo`jaliklarining biriga qarashli dala shiyponi yotoqxonasiga shu manzilda ota-onasi bilan birga yashayotgan turmush o`rtog`i T.Pni qasddan o`ldirish maqsadida borgan. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasining Axborot xizmati ma`lum qildi.

U o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan xotinining chap o`rta qo`ltiq ko`krak qafasiga ikki marta, chap elka sohasiga ikki marta va chap bilak sohasiga bir marta urib tan jarohati etkazganligi oqibatida T.P tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzacho`l tuman prokuraturasi tomonidan I.Uga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1