1

O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat sabab akademik liseylarga kirish imtihonlarini o`tkazish vaqti surildi

Jamiyat 16.07.2021, 21:30
O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat sabab  akademik liseylarga kirish imtihonlarini o`tkazish vaqti surildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o`tkazilishining to`xtatilishi munosabati bilan akademik liseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o`tkazish vaqti ma`lum bir muddatga surildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik liseylarga saralash imtihonlarining o`tkazilishi  joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirlarni o`tkazishning aniq muddatlari yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar vazirlikning rasmiy veb-sayti edu.uz hamda @eduuz telegram kanali orqali e`lon qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1