AsosiyJamiyat

Toshkentda mudhish YTH: 20 yoshli qiz 56 yoshli fuqaroning umriga zomin bo`ldi

'Toshkentda mudhish YTH: 20 yoshli qiz 56 yoshli fuqaroning umriga zomin bo`ldi'ning rasmi

2021 yil 13 iyul kuni taxminan soat 06:40 da Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod ko`chalari kesishmasida mudhish YTH sodir bo`ldi. Bu xaqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Unda “Tracker” avtomobilini (davlat raqami 01 X 814 AB) boshqarib borgan 20 yoshli Laurita Z. boshqaruvni bajara olmasdan 56 yoshli piyoda - Mirkomil Ya.ni urib yuborgan.

Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tergov olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar