AsosiyJamiyat

Namanganda YTH oqibatida 7 yoshli piyoda halok bo`ldi

'Namanganda YTH oqibatida 7 yoshli piyoda halok bo`ldi'ning rasmi

13 iyul kuni soat 15:45 larda Mingbuloq tumani «Baliqchi-Mingbuloq-Pungon» yo`lining 63 kmda, Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 2014 yilda tug`ilgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar