AsosiyJamiyat

Farg`onada "haydovchisiz harakatlanib borayotgan mashina" egasiga chora ko`rildi (video)

'Farg`onada "haydovchisiz harakatlanib borayotgan mashina" egasiga chora ko`rildi (video)'ning rasmi

Farg`onada Nexia 2 haydovchisi mashinani o`ng tomonda o`tirgan holda boshqaradi. Bu holat aks etgan video tasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat tavsilotlarini Zamon informasion dasturi ma`lum qildi.

Haydovchi nafaqat o`zining hayotini, balki atrofdagilarning hayotini ham xavf ostiga qo`ydi. Haydovchi bu ham etmagandek boshqaruv vaqtida telefondan foydalangan.

Haydovchi qilgan ishi haqida shunday deydi:

Bilmayman. Birdan hayolimga kelib qoldi. Rolning narigi tomoniga o`tirdim. Kimdir videoga olib tarqatib yuboribdi. Bu narsa takrorlanmaydi. Men pushaymonman. Bunday bo`lishini kutmagandim.

Haydovchi qilmishi uchun jazoga tortildi.

    Boshqa yangiliklar