Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.T.” MChJ Urganch shahar bo`limi nazortchi-inspekorti A.A. 2021 yilning 5 oyi davomida iste`molchilardan ichimlik suvi uchun undirilgan jami 176,6 mln so`mni kirim qilmasdan hujjatlarni sohtalashtirish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






