AsosiyJinoyat

Galdagi korrupsion holatlar fosh etildi

'Galdagi korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma`lum  qilishicha, joriy yilning may-iyun oylarida  Samarqand shahar madaniyat bo`limi, Kattaqo`rg`on shahar drama teatri hamda Samarqand viloyati qo`g`irchoq teatrida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o`rganishlar o`tkazilgan .

Tadbirlar davomida bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Jumladan, Samarqand viloyati qo`g`irchoq teatrida o`tkazilgan o`rganishda ko`p yillik mehnat uchun ustama to`lovlari to`lanishi mumkin bo`lmasada, 2019-2020 yillarda jami 59 430,4 ming so`mlik qo`shimcha to`lovlar noto`g`ri to`lab berilganligi ma`lum bo`ldi.  

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 8 iyul kuni prokuratura idoralari tomonidan viloyat qo`g`irchoq teatri mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, Kattaqo`rg`on shahar Drama teatrida o`tkazilgan o`rganishlarda qayd etilgan qonun hujjatlariga rioya qilinmaganligi natijasida, 2019-2020 yillarda 216 566,5 ming so`mlik ish haqi va ustama to`lovlar noto`g`ri to`langanligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar Drama teatri mansabdor shaxslariga nisbatan 2021 yil 13 iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar