Kuni kecha Qozog`iston universiteti talabasining o`qishini O`zbekistonga ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu hada Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma`lum bo`liicha, Jarqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. Qozog`iston Respublikasi xalqlar do`stligi universitetining 1-kurs talabasi Sh.ning o`qishini O`zbekiston Respublikasidagi universitetlardan biriga ko`chirib berish evaziga 15,6 mln so`m va 300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytimoqda.