AsosiyJamiyat

«Diplomatic world» jurnalida O`zbekiston va bo`lajak saylovlarga oid maqola chop etiladi

'«Diplomatic world» jurnalida O`zbekiston va bo`lajak saylovlarga oid maqola chop etiladi'ning rasmi

Bugun Markaziy saylov komissiyasida O`zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi murojaati asosida «Diplomatic World» jurnali ijrochi direktori B.Ditrix va «Diplomatic World Institute» markazi menejeri A.Turkstra ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari B.Kuchkarov, Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a`zosi G.Raximova, MSK Xalqaro hamkorlik bo`limi boshlig`i B.Ismoilov hamda O`zbekistonning Belgiyadagi elchixona maslahatchisi R.Mamatovlar  ishtirok etgan. 

Mazkur uchrashuvda  O`zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi «Diplomatic World» rahbariyati bilan joriy yilning sentyabr oyida jurnalning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlangan maxsus sonini nashr qilishi bo`yicha kelishuvga erishilgan. Shundan kelib chiqib, jurnal vakillari joriy yilda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan saylov qonunchiligi va amaliyoti haqida maqola chop etishni maqsad qilgan.

Shuningdek,  saylovlarga tayyorgarlik davomida ommaviy axborot vositalari uchun saylovni yoritish, unda ayollar, yoshlar va nogironligi bo`lgan shaxslarning ishtirokini ta`minlash, saylov komissiyalari xodimlarini o`qitishga qaratilgan treninglarni tashkil etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va saylovlar bo`yicha tajriba almashish maqsadida olib borilayotgan ishlar xususida ham so`z borgan.

Boshqa yangiliklar