20-21 iyuldan boshlab “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 20-21 iyul kunlaridan “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha 156/155 sonli yo`lovchi poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi.
Ushbu poezdlar 20 iyuldan har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 20:13 da Toshkent-Janubiy vokzalidan, 21 iyuldan boshlab esa har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 16:49 da Urganch vokzalidan doimiy ravishda qatnovini amalga oshiradi.
Shuningdek, qurbon hayiti bayrami arafasida yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 22 iyul kuni “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo`nalishida 60/59 sonli poyezdining qo`shimcha bir marta qatnovi yo`lga qo`yiladi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.






