2019 yilning 3 oktyabr kuni Q.E. tanishi Yu.M. ismli ayolni ishonchiga kirib, shaharda joylashgan kredit savdo do`konidan nomiga narxi 5.190.000 so`mlik muzlatgichni olib, belgilangan muddatda kredit to`lovlarini to`lab borishini aytib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan muzlatgichni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






