Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar R.Q. va B.R.lar fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga vakolatli tanishlari orqali Qibray tumani hududida joylashgan 7 gektar er maydonini tender savdolariga qo`yish orqali sotib olib berishni va`da qilib, evaziga 23 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.
Departament hamda DXXning Angor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, “P” fermer xo`jaligi rahbari H.H. fuqaro A.ga Bandixon tumanidagi davlat zaxirasida bo`lgan 2 gektar er maydonini o`ziniki ekanligini aytib, ushbu er maydonini firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 100 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






