Joriy yilning 16 iyul kuni soat 12:45larda Andijon viloyati, Oltinko`l tumani, "Sadda" MFY hududida haydovchi, 2000 y.t. B.B. "MAN" rusumli yuk avtomobilini boshqarib kelayotgan vaqtda yo`l chetida to`xtab turgan "Kobalt" rusumli avtomobilga to`qnashib yo`l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.
To`qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.
Mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






