Joriy yilning 17 iyul kuni soat 15:00larda Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent-Kumushkon” yo`lida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan M.A. "HOVO" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yo`qotgan.
Natijada:
1) haydovchi M.M. boshqaruvidagi “GAZ-24”;
2) haydovchi F.R. boshqaruvidagi "Spark";
3) haydovchi A.R. boshqaruvidagi"Neksiya";
4) haydovchi B.T. boshqaruvidagi "Spark";
5) haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi "Lasetti";
6) haydovchi Z.M. boshqaruvidagi “Gazel”;
7) haydovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomobillar bilan to`qnashib YTH sodir etgan.
Natijada, “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yo`lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






