Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgandi.
Unda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o`rganuvchi-o`qituvchisi I.B. fuqaro R.ni 7 000 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetga o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, oldindan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Uchtepa tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti sport klubi murabbiyi S.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 200 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






