Shu yil 6 iyul kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil dekabr oyida, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan fuqaro uning ishonchiga kirgan. Shundan so`ng uni aldab, Namangan shahar «Hamkorbank» ATB mintaqaviy filialidan uni nomiga 15.000.000 so`m mikroqarz olib, ushbu pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, olingan mikroqarzni to`lamay kelayotganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.