O`zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqda «O`zgidromet» xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 20 iyul kuni O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida va tog`li hududlarda, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 34-39 darajani, shimolda va cho`l hududlarda 41-42 darajagachani tashkil etadi.
21 iyuldan 23 iyulgacha faqat respublikaning tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.
23 iyulga kelib harorat kunduz kunlari 39-42 darajagacha ko`tariladi, shimolda, janubda va cho`l hududlarda +44 daraja bo`ladi.






