AsosiyJamiyat

Vafot etgan qarindoshning bankdagi omonatlari va pul o`tkazmalari to`g`risidagi ma`lumotlar qay tartibda olinadi?

'Vafot etgan qarindoshning bankdagi omonatlari va pul o`tkazmalari to`g`risidagi ma`lumotlar qay tartibda olinadi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda  aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi: 

"Mijoz to`g`risidagi bank sirini tashkil etuvchi ma`lumotlar, uning merosxo`rlari yoki huquqiy vorislariga, agar meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan 5 ish kuni ichida taqdim etiladi.

Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u so`ragan ma`lumotlarni taqdim etish imkoniyati yo`qligi xususida 3 ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart".

    Boshqa yangiliklar