Joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani hududidan o`tuvchi 4R-12 avtomobil yo`lining 68-kilometrida bir yo`nalishda harakatlanib ketayotgan "Lacetti" hamda "BMW X5" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. To`qnashuv oqibatida "BMW X5" rusumli avtomobil yo`ldan chiqib ketib ag`darilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Natijada, "BMW X5" rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug`ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo`lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bo`stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.