Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o`tkazgan brifingda ishtirok etgan "Darakchi" muxbiri xabar berdi.
Davlat rahbarining bu haftada bo`lib o`tadigan tadbirlari quyidagilardan iborat:
- Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gidrotexnik inshootlarni modernizasiya qilish bo`yicha yig`ilish,
- tabiiy va aniq fanlar hamda axborot texnologiyalari bo`yicha o`quv dasturlarini takomillashtirish to`g`risida taqdimot,
- hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko`paytirish yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazilishi rejalashtirilgan.






