AsosiyJamiyat

Abiturient test sinovlari jarayonidan qanday hollarda chetlashtiriladi?

'Abiturient test sinovlari jarayonidan qanday hollarda chetlashtiriladi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda  aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi: 

Qonunchilikka ko`r aquyidagi hollarda abiturient test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo`ladi:

➖test sinovlari o`tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyalitelefon, kompyuter, telekommunikasiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olibkirgan bo`lsa yoki ulardan testsinovlari davomida foydalansa;

➖test materiallarini boshqa abiturientga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

➖test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

➖test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag`ini yirtsa;

➖test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so`ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

➖test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abiturientning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

    Boshqa yangiliklar