AsosiyJamiyat

YPX xodimi haydovchidan avtomobil salonidan tushishini talab qilishga haqlimi?

'YPX xodimi haydovchidan avtomobil salonidan tushishini talab qilishga haqlimi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda  aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi: 

 " Amaldagi qonunchilikka asosan Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimi transport vositasini to`xtatganda haydovchi va yo`lovchilardan transport vositasi kabinasidan (salonidan) chiqishni faqatgina quyidagi hollarda talab qilishga haqli: 

- transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida, haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga etarli asoslar mavjud bo`lganda;

-transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro`yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

-transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda, haydovchi yoki yo`lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

-haydovchining transport vositasi kabinasida bo`lishi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga tahdid solishi mumkin bo`lgan hollarda ya`ni, haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e`tiborni susaytiradigan dori vositalari ta`sirida, yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo`lganda".

    Boshqa yangiliklar