Avval xabar berganimizdek, bugun, 19 iyul kuni, taniqli MMA jangchisi Murod Xonto`raev yo`l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Sportchining bevaqt o`limi munobati bilan Markaziy Osiyo MMA Konfederasiyasi, MMA va O`zbekiston Triatlon Federasiyasi prezidenti, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig`ining o`rinbosari Otabek Umarov do`stini xotirladi.
"Bugun, muqaddas ayyom arafasida o`zbek sporti og`ir judolikka duch keldi: do`stimiz Murod Xonto`raev bevaqt vafot etdi. Yaqinlari o`g`lidan, turmush o`rtog`idan, otasidan ayrilishdi. Jangchilar ustozsiz qolishdi, MMA Assosiasiyasi etakchilardan birini yo`qotdi. Millionlab odamlarning qalblaridagi kabi mening qalbimda ham sen mardlik va qat`iyatlik namunasi bo`lib abadiy qolasan. Oz vaqt yashading, lekin ko`plarni ilhomlantirishga muvaffaq bo`lding. Qodir Alloh sabring uchun mukofotlasin, birodarim. Joying jannatda bo`lsin, chempion!" - deya yozib qoldirgan Umarov.