Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 658 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 465 nafarga etdi, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.
2021 yil 19 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 120631 (+658) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 79 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 17 nafari Andijon viloyatida,
- 14 nafari Buxoro viloyatida,
- 67 nafari Jizzax viloyatida,
- 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 15 nafari Navoiy viloyatida,
- 38 nafari Namangan viloyatida,
- 63 nafari Samarqand viloyatida,
- 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 62 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 54 nafari Farg`ona viloyatida,
- 18 nafari Xorazm viloyatida,
- 65 nafari Toshkent viloyatida,
- 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 465 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
️Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 23 nafar,
- Andijon viloyatida 57 nafar,
- Buxoro viloyatida 43 nafar,
- Jizzax viloyatida 50 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
- Navoiy viloyatida 29 nafar,
- Namangan viloyatida 40 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 94 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 71 nafar,
- Farg`ona viloyatida 50 nafar,
- Xorazm viloyatida 34 nafar,
- Toshkent viloyatida 53 nafar,
- Toshkent shahrida 86 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 115514 (+649) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 805 nafarni tashkil qildi.






