AsosiyJamiyat

Turkiya elchisi o`zbekistonliklarni muqaddas bayram bilan tabrikladi

'Turkiya elchisi o`zbekistonliklarni muqaddas bayram bilan tabrikladi'ning rasmi

Turkiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchi janob Olgan Bekar  o`zbekistonliklarni muqaddas bayram bilan tabrikladi.

" Hurmatli yurtdoshlarim,   Aziz o`zbek qardoshlarim,  

Bugun yana bir muqaddas bayramni nishonlash hayajonini his qilib turibmiz. Muqaddas Qurbon hayiti butun oilaning jamuljam bo`lib, fayzli dasturxon yoziladigan, qo`ni-qo`shniilar yo`qlanadigan,ijtimoiy birdamlik va sahovat fazilatlari ko`ngillarni yuksaltadigan bayramlarimizdan biridir. Hazrati Ibrohim davridan beri davom etib kelayotgan bu an`ana diniy va madaniy jihatdan bugungi kunda turk va o`zbek xalqlarini birlashtirgan umumiy nuqtalardan biridir.  

Boshqa tomondan afsuslar bo`lsinkim, bu bayramni ham Kovid-19 cheklovlari qurshovida nishonlamoqdamiz. Ikki yildan ko`proq davom etayotgan pandemiyaning ta`siri hamon sog`lig`imizga xavf solib turibdi.  

Shu doirada bayramlarni qanchalik yaqinlarimiz bilan diydorlashuv fursati deb bilsak-da, barcha yurtdoshlarimizni va O`zbek qardoshlarimizni ijtimoiy masofani saqlashga, xavfli guruhga kiruvchi keksa yoshdagi yaqinlarimizni yanada avaylashga chaqirib qolaman.  

Shu fursatdan foydalanib, Prezidentlarimizning da`vat qilganlaridek, bu xastalikka qarsi emlanishning muhim ekanligini men ham yana bir bor eslatib o`tmoqchiman.  

Qurbon bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etib, qilgan qurbonlik ibodatingizning Olloh dargohida qabul bo`lishini, bu muborak ayyomning mamlakatlarimizga va butun Islom olamiga kutlug` kelishini hamda keyingi bayramlarga sog`lik-omonlikda etishish hammamizga nasib qilishini tilab qolaman."

    Boshqa yangiliklar