9 iyul kuni shahar IIB xodimlari tomonidan tadbir o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida M.A.ning fermer xo`jaligidagi olma bog`i xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, olma bog`ida “kannabis” giyohvandlik o`simliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






