1

"Vahimaga berilmasligingizni so`raymiz". Hokimlik Namangandagi sel bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 21.07.2021, 07:47
"Vahimaga berilmasligingizni so`raymiz". Hokimlik Namangandagi sel bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

Kecha, 20 iyul kuni Qirg`izistonning Jalolobod  viloyati Olabuqa tumani hududlaridan Namangan viloyati Kosonsoy tumani Obod MFY hududlariga kirib kelayotgan chaqmoq-momaqaldiroqli bulutli zona kirib kelgan.

Shu sabab viloyatda kuchli jala yog`inlar yog`ib o`tdi. Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan hokimlik axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, tumanlardagi FVB Gidrometeorologik jarayonlarga ta`sir ko`rsatish boshqaruv monitoring stansiyasi tomonidan do`l yog`masligi uchun bulut zonasi atrofiga ta`sir ko`rsatildi.

Namangan viloyatining Uychi, Namangan, Kosonsoy, To`raqo`rg`on tumani ayrim hududlarida kuchli jala yog`inlar yog`ib o`tdi.

Hozirda Namangan shahri, Kosonsoy hamda To`raqo`rg`on tumanlarining ayrim hududlarida FVB kuchlari ish olib bormoqda.

Qo`shimcha ravishda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari, xususan viloyat hokimi va sektor rahbarlari voqea joyiga chiqib, zarur choralar ko`rilgani ma`lum qilinmoqda

Tumanlardan suv tortish va boshqa qo`shimcha texnikalar safarbar etilgan.

"Jabrlangan, tan jaroxat olganlar yo`q. Siz azizlardan vahimaga berilmasligingizni so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1