1

O`zbekistonga yangi "Afrosiyob" poezdlar keltirilmoqda

Jamiyat 21.07.2021, 10:21
O`zbekistonga yangi "Afrosiyob" poezdlar  keltirilmoqda

Iyul oyining boshlarida yangi, yuqori tezlikdagi harakat tarkiblari (2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon) yuk kemasiga ortilgan bo`lib, dastlab 4000 km masofani kemada Ispaniyaning Bilbao shahridan Rossiya Federasiyaning Sankt-Peterburg shahrigacha etkazilgan edi. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poezdni mamlakatimizga olib kelishga hozirladilar. Bu haqda Jamiyat axborot xizmati xabar bermoqda. 

Shu kunlarda “Afrosiyob” poezdi Sankt-Peterburg shahridan 4200 km masofani Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston orqali bosib o`tib O`zbekistonga etib keladi.  

Eslatib o`tamiz, bundan 10 yil ilgari, aniqrog`i 2011 yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poezdi olib kelingan edi. Yana sanoqli kunlardan so`ng mamlakatimizda bunday poezdlar soni beshtaga etadi.

Shuningdek, yurtimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Toshkent metropoliteni uchun yangi metropoezdlarning kelishi xam kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1