1

O`zbekistonda bir kunda yana 700ga yaqin odamda koronavirus, 478 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. 4 bemor vafot etdi

Jamiyat 21.07.2021, 11:19
O`zbekistonda bir kunda yana 700ga yaqin odamda koronavirus, 478 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. 4 bemor vafot etdi

Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 698 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 478 nafarga etdi, 4 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 20 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121329 (+698) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-86 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-16 nafari Andijon viloyatida,

-16 nafari Buxoro viloyatida,

-87 nafari Jizzax viloyatida,

-16 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-15 nafari Navoiy viloyatida,

-32 nafari Namangan viloyatida,

-65 nafari Samarqand viloyatida,

-24 nafari Sirdaryo viloyatida,

-84 nafari Surxondaryo viloyatida,

-58 nafari Farg`ona viloyatida,

-10 nafari Xorazm viloyatida,

-79 nafari Toshkent viloyatida,

-110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 478 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 116009 (+495) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 810 nafarni tashkil qildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1