1

Murod Xonto`raev vafotidan avval do`kondan spirtli ichimlik olganmidi? Tarqalayotgan mish-mishlarga oydinlik kiritildi (video)

Jamiyat 21.07.2021, 13:55
Murod Xonto`raev vafotidan avval do`kondan spirtli ichimlik olganmidi? Tarqalayotgan mish-mishlarga oydinlik kiritildi (video)

Avval xabar berganimizdek, 19 iyul kuni, taniqli MMA jangchisi Murod Xonto`raev yo`l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. YTHga sportchining mashinada yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo`lgani aytildi. Shundan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda Murodning YTHdan avval mast holatda bo`lgani, do`kondan aroq sotib olgani va hatto sotuvchiga to`pponcha o`qtalgani haqida turli mish-mishlar tarqalib ketdi. 

 MMA jangchisi, Murod Xonto`raev bilan bog`liq mish-mishlar yuzasidan, guvoh va kuzatuv kameralari voqeaga qisman oydinlik kiritdi, deya holat yuzasidan ma`lumot taqdim etdi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov. 

"Bir oz avvalroq, yolg`on audio xabarni tarqatgan yigitning o`zi ham ijtimoiy tarmoqlarda ko`rinish berib, xato qilganligini aytgan videosi paydo bo`ldi.

Sotuvchining qo`shimcha qilishiga ko`ra, unga mahsulot puli berilgan, lekin u pulni olishni rad etgan. Buni yoki hurmati yoki kelgusida kattaroq xaridlardan umidi sabab qilgan deb o`yladim. Avvalroq do`kon ichida u pullarni berdi deb aytgan edi.

"Lavhada montaj, shantaj qilingan deb hisoblovchilarga Bo`stonliq tumani «Arbat» majmuasida joylashgan do`kon va uning sotuvchisi tanishtirildi. Xolisona o`rganish o`tkazishingiz mumkin.

Men esa yakuniy xulosani kuzatuvchilarimizga qoldiraman", - deyiladi matbuot kotibi izohida. 

Mavzuga doir:

Mening qalbimda sen mardlik va qat`iyatlik namunasi bo`lib abadiy qolasan — Otabek Umarov Murod Xonto`raev haqida

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1