Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirdan ma`lum bo`lishicha, , Buxoro shahar, Sharofbobo Hamroev mahallasida yashovchi 1987 yilda tug`ilgan N.A. ismli shaxs, vakolatli tanishlari orqali ikki nafar fuqaroga “B,S” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilib, evaziga yilning iyun oyi oxirlarida olgan 1.000.000 so`m pullarni, ishni hal qilib berolmaganligi sababli Buxoro shahar Xo`ja Nurobod ko`chasida joylashgan “Ark qo`rg`oni” oldida qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum bo`ldi.






