AsosiyJamiyat

"Dislokasiya va guvohnomam "Tracker"da qolib ketdi." Holat yuzasidan izoh berildi (video)

'"Dislokasiya va guvohnomam "Tracker"da qolib ketdi." Holat yuzasidan izoh berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Dislokasiya va guvohnomam "Tracker"da qolib ketdi" sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi.

 

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 19 iyul kuni soat 16:00 larda Toshkent viloyati hududidan o`tgan 4P-12 avtomobil yo`lida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB YHXB YPX xodimi A.Pirdavlatov tomonidan "Spark" rusumli avtomobil to`xtatilgan.

Tekshiruv davomida 2000 yilda tug`ilgan haydovchi hali haydovchilik guvohnomasi olmaganligi ma`lum bo`lgan va YPX xodimi tomonidan ma`muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib borilgan.

Jarima maydonida yo`lovchilardan biri YPX xodimidan dislokasiya ko`chirmasini va xizmat guvohnomasini ko`rsatishini talab qilgan. YPX xodimi mazkur hujjatlari "Spark" avtomobili to`xtatilgan joyda, "Tracker" rusumli maxsus xizmat avtomobilida qolganligini, borib ko`rsatishi mumkinligini ma`lum qilgan. Shuningdek, o`zaro muloqot vaqtida YPX xodimi fuqaroga "sen" - deya murojaat qilganligi aks etgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar