AsosiyJamiyat

Prezident maslahatchisining o`rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

'Prezident maslahatchisining o`rinbosari yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari Shuhrat Xoldorovich Atabaev aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Shu paytgacha Boshqaruv Raisi vazifasida ishlagan Farhod Salamov esa boshqa ishga o`tkazilgan.

Shuhrat Atabaev 1978 yilda tug`ilgan. Dastlab Toshkent moliya instituti, keyinchalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o`rta maktabda ingliz tili o`qituvchiligidan boshlagan. 1998 yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti «Kamolot» jamoat markazida bosh hisobchi bo`lib faoliyat yuritgan.

2001-2012 yillarda O`zbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda AT Xalq banki Boshqaruvi Raisi o`rinbosari, 2017-2018 yillarda O`zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi Raisi o`rinbosari, 2018-2021 yillarda «Ipoteka bank» ATB Boshqaruvi Raisi lavozimlarida ishlagan. Joriy yil fevral oyidan buyon esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.  

Boshqa yangiliklar