AsosiyJamiyat

SSV: Toshkentda 98 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq bosqichda emlandi

'SSV: Toshkentda 98 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq bosqichda emlandi'ning rasmi

Vaksinasiya jarayonlari boshlanganidan iyul oyining o`rtasiga qadar  Toshkent shahrida jami 366 005 doza vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan:

  • 1-bosqichda  218 369 doza;
  • 2-bosqichda 123 420 doza;
  • 3-bosqichda 24 216 doza vaksinadan foydalanilgan. 

 

15 iyul holatiga ko`ra, 98 176 nafar aholi to`liq bosqichlarda emlanib bo`ldi.

Poytaxtda emlash jarayonlari aholi qatlamlari kesimida quyidagi ko`rinishga ega:

  • 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 120 021 doza;
  • tibbiyot xodimlari —  93 010 doza;
  • maktab o`qituvchilari — 9 769 doza;
  • maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari —  10 968 doza;
  • surunkali kasalligi bor fuqarolar — 32 864 doza. Vaksinalarning qolgan qismlari boshqa aholi qatlamlarida qo`llanilgan.

 

Yurtimizda jami 21 455 214 nafar fuqaro emlanishi ko`zda tutilgan bo`lib, Toshkent shahrida   1 757 451 nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan. Shundan bir marta bo`lsa ham vaksina olgan aholi hududdagi jami emlanuvchilarning 12,4 foizini tashkil qilmoqda.

Boshqa yangiliklar