AsosiyJinoyat

Farg`onada 15 yoshli bolalar 45 yoshli haydovchini vaxshiylarcha o`ldirib, jasadni dalaga tashlab ketgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Farg`onada 15 yoshli bolalar 45 yoshli haydovchini vaxshiylarcha o`ldirib, jasadni dalaga tashlab ketgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 19 iyul kuni 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vaxshiylarcha o`ldirib dalaga tashlab ketishganligi haqida xabarlar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan 20 iyul kuni Farg`ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o`ldirish) va 164 (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  Bu haqda Bosh prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi xabar bermoqda.

Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs (3 nafari voyaga etmagan) gumonlanuvchi tariqasida prosessual tartibda ushlangan.  

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Boshqa yangiliklar