AsosiyJamiyat

Namanganda «Epika» 1000 AQSh dollariga sotildimi?

'Namanganda «Epika» 1000 AQSh dollariga sotildimi?'ning rasmi

23 iyun kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan fuqaro mashinasining xaridori bilan bog`liq holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, shu yil 18 aprel kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan fuqaroga o`ziga tegishli bo`lgan Epika rusumli avtomashinasini 7.500 AQSh dollariga kelishib sotganligini, kelishilgan pullardan 1.000 AQSh dollarini berib, qolgan 6.500 AQSh dollarini 2 oy davomida berishini aytib, mazkur avtomashinani, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaroga garovga qo`yib, undan jami 50.000.000 so`mlik 5 bosh qoramol va 1 bosh otini olib, pullarini 22 iyunda berishini, garovga qo`yilgan avtomashinani qaytarib olib ketishini aytib, fuqarodan olgan 5 bosh qoramol va 1 bosh otni boshqa shaxsga jami 30.500.000 so`mga sotib yuborib, qo`lga kiritilgan pullarni o`zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar