AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda quvib o`tishdagi qoidabuzarlik oqibatida yo`lovchi vafot etdi

'Qashqadaryoda quvib o`tishdagi qoidabuzarlik oqibatida yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo`lovchi halok bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 20 iyul kuni soat 22:00 larda «Kamanda» MFY hududidan o`tkuvchi 4R-92 Qarshi—Talliqo`rg`on—Jenov—Pomiq avtomobil yo`lining 1-kilometrida Nexia-3 va «VAZ-2106» avtmobillari ishtirokida YTH sodir bo`lgan.

Avariya oqibatida «VAZ-2106» ichida bo`lgan yo`lovchi og`ir tan jarohatlaridan vafot etgan, mashina haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, avariya Nexia-3’ning mumkin bo`lmagan joydan quvib o`tishga uringani oqibatida yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar