Avvalroq, 22 iyul kuni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasida «Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot» mavzusida ochiq muloqot o`tkazilgani haqida xabar bergan edik. Unda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov og`ir bemorlar soni ko`p ekanini ma`lum qildi.
"Shifoxonamizda 250 ta reanimasiya o`rni yaratilgan. Bu juda katta ko`rsatkich. Kuniga 25 tagacha o`ta og`ir holatdagi bemor keltirilmoqda. Ularning 40 foizdan ortig`i 65 yoshdan oshgan fuqarolardir. Bu bemorlarning barchasiga emlanish tavsiya qilingan, ammo vaksina olishni istashmagan", dedi Doniyor Mirazimov.






